Keyin nima? ¶
Agar siz "Birinchi tanishuv" bobini to'liq o'qib chiqqan bo'lsangiz, endi to'liq Yii ilovasini yaratgansiz.
Shu jarayonda siz ko'p talab etiladigan ba'zi imkoniyatlarni amalga oshirishni o'rgandingiz: HTML forma orqali
foydalanuvchilardan ma'lumot olish, ma'lumotlar omboridan ma'lumotlarni olish va ma'lumotlarni sahifalab ko'rsatish.
Shuningdek, kodni avtomatik generatsiya qilish uchun
Giidan qanday foydalanishni ham o'rgandingiz.
Kodni generatsiya qilish uchun Gii dan foydalanish veb-ishlab chiqish jarayonining katta qismini shunchaki bir nechta
formani to'ldirishdek oddiy vazifaga aylantiradi.
Ushbu bo'limda freymvork bilan ishlashda samaradorligingizni oshirishga yordam beradigan mavjud Yii resurslari qisqacha
bayon etiladi.
- Hujjatlar
- To'liq qo'llanma:
Nomidan ko'rinib turibdiki, qo'llanma Yii qanday ishlashi kerakligini aniq belgilab beradi va Yii dan foydalanish
bo'yicha umumiy yo'l-yo'riq beradi. Bu Yii bo'yicha eng muhim yagona darslik bo'lib, har qanday Yii kodini
yozishdan oldin uni o'qib chiqishingiz kerak.
- Klasslar bo'yicha ma'lumotnoma:
Bu Yii taqdim etadigan har bir klassdan foydalanishni tavsiflaydi. U asosan kod yozayotganingizda va ma'lum bir
klass, usul, xossadan foydalanishni tushunmoqchi bo'lganingizda ishlatilishi kerak. Klasslar bo'yicha
ma'lumotnomadan foydalanish butun freymvorkni kontekst bo'yicha tushunib olgandan keyingina eng maqbuldir.
- Wiki-maqolalar:
Wiki-maqolalarni Yii foydalanuvchilari o'z tajribalari asosida yozgan. Ularning aksariyati oshpazlik retseptlari
kabi yozilgan bo'lib, Yii yordamida muayyan muammolarni qanday hal qilishni ko'rsatadi. Bu maqolalarning sifati
To'liq qo'llanma darajasida bo'lmasligi mumkin, biroq ular kengroq mavzularni qamrab olishi va ko'pincha tayyor
yechimlarni taqdim etishi bilan foydalidir.
- Kitoblar
- Kengaytmalar:
Yii foydalanuvchilar hissa qo'shgan minglab kengaytmalardan iborat kutubxonaga ega. Ularni ilovalaringizga osongina
ulash mumkin, bu esa ilovani ishlab chiqishni yanada tezroq va osonroq qiladi.
- Hamjamiyat
User Contributed Notes
Leave a comment
Join the conversation to share a note.