0 follower

1.1 dan keyingi yangilanishlar

Yii 2.0 talqini uchun batamom boshqatdan yozilganligi bois 1.1 va 2.0 talqinlar orasida ko'p farqlar mavjud. Shu tufayli 1.1 dan keyingi yangilanishlar minor talqinlar (talqinlarning bir biridan 1-xonasidan keyingi xonalaridagi sonlari farq qiladiganlari) orasidagi yangilanishlar kabi sodda ko'rinishda bo'lmaydi. Ushbu qo'llanmada ikki talqin orasidagi asossiy farq yangilanishlari keltirilgan.

Agar siz ilgari Yii 1.1 ni ishlatmagan bo'lsangiz u holda ushbu bo'limni tashlab, [Ishni boshlash][start-installation.md] bo'limiga o'tishingiz mumkin.

Shuningdek shuni unutmangki Yii 2.0 bu yerda yozilganidan ko'proq imkoniyatlarga ega. Qaysi imkoniyatlar qo'shilganini bilish uchun qo'llanmani o'qib chiqish tavsiya etiladi. Balkim siz bunga qadar o'zingiz uchun zarur deb bilib yaratgan imkoniyat endi freymvorkning bir qismidir.

O'rnatish

Yii ning 2.0 talqini PHP uchun bog'liqliklarni boshqaruvchi hisoblangan Composer ga butunlay asoslangan. Freymvorkni o'rnatish va shuningdek kengaytirish Composer orqali qilinadi. Yii 2.0 ni o'rnatish bo'yicha yanada batafsilroq ma'lumot Yii ni o'rnatish bo'limida keltirilgan. Yii 2.0 uchun qanday qilib kengaytmalar yaratish yoki 1.1 talqindagi mavjud kengaytmalarni qanday qilib 2.0 talqinga adaptiatsiyalash ko'rsatmalari Kengaytmalarni yaratish bo'limida ko'rsatilgan.

PHP talabi

Yii 2.0 talqin Yii 1.1 talqinda qo'llanilgan PHP 5.2 ga nisbatan ancha yaxshilangan PHP 5.4 yoki undan yuqorisini islatadi. Shu tufayli siz nazarda tutishingiz kerak bo'lgan tildagi ko'p o'zgarishlar mavjud. Quyida PHP ning asosiy o'zgarishlari keltirilgan:

Nomlar sohasi

Yii 2.0 ning asosiy o'zgarishlaridan biri bu nomlar sohasi hisoblanadi. Freymvorkning deyarli har bir sinfi nomlar sohasida joylashgan, masalan, yii\web\Request. "C" qo'shimchasi endi klaslar nomlarida ishlatilmaydi. Klaslarni nomlash kelishuvi direktoriyalar strukturasiga asoslanilgan. Masalan, yii\web\Request ushbu yozuv klasning yii freymvork direktoriyasidagi web/Request.php faylida joylashganini anglatadi. (Yii ning klaslarni yuklovchisi evaziga siz freymvork klaslarini hech qanday vositachisiz boglab qo'yishingiz mumkin).

Komponent va obekt

Yii 2.0 da 1.1 dagi CComponent klas ikkita klasga ajratilgan: yii\base\BaseObject va yii\base\Component. BaseObject klas oddiy asos klas bo'lib xususiyatlar uchun getter va setter larni ishlatishga imkon beradi. Component klas BaseObject klasdan voris bo'lib xodisalar va o'zini tutish larni qo'llab quvvatlaydi.

Agar sizni klasingizga xodisalar funksiyalari yoki o'zini tutishlar kerak bo'lmasa asos klas sifatida BaseObject ni qo'llashingiz mumkin. Ushbu holat asosan asos strukturali klaslar yaratilayotgan vaqtda yuz beradi.

Obekt sozlashlari

BaseObject klas obektlarni sozlashni yagona usulini tashkillashtiradi. Ixtiyoriy BaseObject ga voris bo'lgan klas (agar kerak bo'lsa) o'zini sozlashi uchun quyidagi ko'rinishda o'ziga konstruktor yaratishi mumkin:

class MyClass extends \yii\base\BaseObject
{
    public function __construct($param1, $param2, $config = [])
    {
        // ... sozlashlar qo'llanilishidan oldin initsializatsiyalash (e'lon qilish va qiymatlash) 

        parent::__construct($config);
    }

    public function init()
    {
        parent::init();

        // ... sozlashlar qo'llanilganidan keyin initsializatsiyalash
    }
}

Yuqoridagi misolda oxirgi parametr obekt xususiyatlarini qiymatlovchi sozlashlar massivi ya'ni kalit-qiymat formatidagi juftlikdan iborat bo'lishi kerak. Siz sozlashlar qo'llanilganidan keyin initsializatsiya ishini amalga oshirish uchun oldindan init() metod yaratib qo'yishingiz mumkin.

Ushbu kelishuvga asoslanib siz sozlash massivi yordamida yangi obektlarni yaratishingiz va sozlashingiz mumkin:

$object = Yii::createObject([
    'class' => 'MyClass',
    'property1' => 'abc',
    'property2' => 'cde',
], [$param1, $param2]);

Sozlashlar haqidagi batafsil ma'lumotlar Obektlarni sozlash bo'limida keltirilgan.

Found a typo or you think this page needs improvement?
Edit it on github !